Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoramizdagi qushlarning yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida

Sayyoramizdagi qushlarning yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida

Foto: BBC

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi yangilangan Qizil kitobga yo‘qolib ketish xavfi ostidagi 48 646 ta turni kiritdi. Shu tariqa Qizil kitobdagi turlar jami soni 172 620 taga yetdi, deb yozdi CNN.

Dengiz muzlarining erishi va o‘rmonlarning kesilishi tufayli ko‘plab hayvonlar yo‘q bo‘lib arafasida turibdi. Xususan, Arktika tyulenlarining uch turi va sayyoramizdagi qushlarning yarmi yo‘qolib ketish xavfi ostida.

Tyulenlarga bolalarini ko‘paytirish va o‘stirish uchun dengiz muzliklari kerak. Bu hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishi ularni ovlab kun ko‘radigan oq ayiqlarga tahdid soladi.

Dunyodagi qushlarning 61 foizi kamayib bormoqda, 2016-yilda ko‘rsatkich 44 foiz edi. Yashash muhiti buzilishi, jumladan o‘rmonlarning yo‘qolishi qushlarga xavf solmoqda.

Shu bilan birga, yashil dengiz toshbaqalarini saqlab qolish bo‘yicha sa’y-harakatlar natijasida ularning soni ko‘paygani qayd etildi. 1970-yillardan beri uning populyasiyasi taxminan 28 foizga o‘sdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring