Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shols Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘qnashuvning oldini olishga chaqirdi

Shols Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘qnashuvning oldini olishga chaqirdi

Germaniya kansleri Olaf Shols Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Berlin Kiyevni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi, lekin Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvning oldini olishga intilayotganini ma’lum qildi.

«Biz Ukrainani kerak bo‘lgan vaqtgacha qo‘llab-quvvatlaymiz, har qanday vositalardan foydalanamiz, lekin Rossiya va NATO o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaymiz», – dedi u.

Shuningdek, kanslerga Germaniya qachon Ukrainaga «Leopard» tanklarini berilishi mumkinligi haqida ham savol berildi. Shols uittifoqchilar bilan bu masalani muhokama qilayotganini aytdi.

Shols Davosdagi Jahon iqtisodiy forumidagi nutqi davomida bunday harakatlar bir tomonlama bo‘lishi mumkin emasligini, chunki ular hamkorlar bilan muvofiqlashtirilishi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq, Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Melnik Germaniyaning yangi mudofaa vaziri Boris Pistoriusdan Kiyevga qurol yetkazib berish masalasida qat’iylikni talab qilgan edi. Berlin, uning fikricha, Ukraina tomonini jangovar tanklar, qiruvchi samolyotlar, harbiy kemalar va boshqa jihozlar bilan ta’minlashi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring