Shri-Lankada Eron harbiy kemasiga hujum qilindi, 101 kishi bedarak
Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron harbiy kemasiga qilingan hujum oqibatida kamida 101 kishi bedarak yo‘qolgan, yana 78 kishi yaralangan. Bu haqda Reuters agentligi Shri-Lanka harbiy-dengiz kuchlari va mudofaa vazirligidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 4-mart kuni ertalab Shri-Lankaning Galle shahri yaqinidagi hududiy suvlarda Eronning «Dena» fregati (IRIS Dena) halokat signalini bergan.
Manbalarga ko‘ra, kemaga suvosti kemasi tomonidan zarba berilgan. Biroq hujumni amalga oshirgan suvosti kemasi qaysi davlatga tegishli ekani ochiqlanmagan.
Hozirda Shri-Lanka harbiy-dengiz kuchlari hodisa joyida qutqaruv operatsiyasi olib bormoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, hozirgacha kamida 30 nafar dengizchi qutqarilib, Galle shahridagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter