Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shvetsiyada jazirama tufayli poyezdlar to‘xtatilmoqda

Shvetsiyada jazirama tufayli poyezdlar to‘xtatilmoqda

Foto: Yohann Nilsson

Janubiy Shvetsiyada jazirama issiq tufayli temir yo‘llarga shikast yetishidan xavotirlanib, bir qator poyezdlar harakati yana to‘xtatildi. Bu haqda «The Local» xabar bermoqda.

Ayrim yo‘nalishlarda chorshanbadan jumagacha poyezdlar yurmaydi. Chunki 8—10-avgust kunlari havo harorati 30—34 darajagacha ko‘tarilishi kutilyapti.

Shvetsiyada may oyidan beri issiq va quruq havo hukmron. Meteorologlar mamlakat uchun iyul oyini oxirgi bir necha o‘n yillikdagi, Stokgolm uchun oxirgi 262 yildagi eng issiq va quruq oy bo‘ldi, deyishyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring