Shved olimlari tug‘ma karlikni davolashdi
Shvetsiyadagi Karolin instituti olimlari gen terapiyasi yordamida tug‘ma karlikni davolashdi, deb xabar berdi Euro Puls.
Gen terapiyasi sinovlari davomida tug‘ma karlikka ega 10 nafar bemorning barchasida eshitish qobiliyati tiklandi. Bundan hatto olimlarning o‘zlari ham hayratda.
Tadqiqot ushbu kasallikni qo‘zg‘atuvchi OTOF genidagi mutatsiyani o‘rganishga bag‘ishlangan edi. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, aynan shu mutatsiya jahonda 200 mingga yaqin kishida eshitish bilan bog‘liq muammolar sababchisi bo‘lishi mumkin.
Tadqiqotchilar organizmga tovush signallarini to‘g‘ri uzatishda ko‘maklashishni maqsad qilishgandi. Buning uchun bemorlarning quloqlariga maxsus virus-tashuvchi yuborildi — u kerakli genni hujayralarga yetkazadi. Hozirda gen terapiyasi odatda shunday ishlaydi: virus «dushman» emas, balki boshqariladigan transport vositasi vazifasini bajaradi.
Shved olimlari o‘tkazgan tadqiqotda bir yoshli kichkintoylardan tortib katta yoshli bemorlargacha — jami 10 nafar bemorning barchasi eshitishni boshladi. Portal ma’lumotlariga ko‘ra, terapiya kichik yoshdagi ishtirokchilarda, ayniqsa 5-8 yoshli guruhda eng yaxshi natija berdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter