Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sindzo Abening qotiliga hukm o‘qildi

Sindzo Abening qotiliga hukm o‘qildi

Foto: Getty Images

Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening qotili Tesuya Yamagami umrbod qamoq jazosini oldi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Ayblov tomoni 45 yoshli sudlanuvchiga aynan shu jazoni berishni talab qilgandi. Himoyachilar esa uning «zo‘ravonlik qurboni» ekanini nazarda tutib 20 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘rashgandi.

Tesuya Yamagami

Eslatib o‘tamiz, 2022-yilda Nara shahrida saylovchilar bilan uchrashuvda nutq so‘zlayotgan payti Abe qo‘lbola quroldan otib o‘ldirilgan.

Yamagami ishi bo‘yicha jami 15 marta sud bo‘lib o‘tdi. Jinoyatchi ilk suddayoq aybiga iqror bo‘lib, qashshoqlik, akasining o‘z joniga qasd qilishi, diniy oqimga nafrati qotillikka undaganini aytgan. U Sindzo Abe qiyofasida cherkovni legitimlovchi asosiy shaxsni ko‘rgan va uni yo‘q qilish orqali diniy tashkilotga putur yetkazmoqchi bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring