Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sobiq shahzoda Epshteynga maxfiy hisobotlarni yuborganlikda gumon qilingan – WSJ

Sobiq shahzoda Epshteynga maxfiy hisobotlarni yuborganlikda gumon qilingan – WSJ

Buyuk Britaniya qiroli Karl III Bukingem saroyida saqlanayotgan arxiv hujjatlarini politsiyaga taqdim etishga ruxsat berdi. Bu haqda The Observer nashri xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, tergovchilarga Endryu Mauntbetten-Vindzor faoliyatiga oid hujjatlar, shaxsiy yozishmalar va uning Buyuk Britaniyaning xalqaro savdo va investitsiyalar bo‘yicha maxsus vakili sifatidagi ish faoliyatiga doir rasmiy materiallar ochib beriladi.

The Wall Street Journal yozishicha, Endryuga nisbatan ayblovlar uning 2010-yilda maxsus vakil lavozimida ishlagan davri bilan bog‘liq. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, u amerikalik moliyachi Jeffri Epshteynga maxfiy hukumat hisobotlarini yuborganlikda gumon qilinmoqda.

WSJ ta’kidlashicha, aynan shu holat — ya’ni maxfiy ma’lumotlarni uzatish bilan bog‘liq gumonlar — Endryuning qo‘lga olinishiga sabab bo‘lgan. Bu holat uning Epshteyn bilan do‘stligi ortidan ilgari surilgan jinsiy jinoyatlarga oid ayblovlar bilan bog‘liq emas.

Hozirda Endryu politsiya tomonidan so‘roq qilinganidan so‘ng qo‘yib yuborilgan. Ayni paytda tergov ishlari davom etmoqda.      

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring