Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sof inglizcha qotillik»: er meros uchun xotinini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

«Sof inglizcha qotillik»: er meros uchun xotinini o‘ldirganlikda ayblanmoqda

Foto: «Express.co.uk»

Britaniyalik Lyuis Bennett xotini Izabella Helmanni o‘ldirib, katamaranni cho‘ktirib yuborgan, u shu tarzda turmush o‘rtog‘ining mulkiga ega chiqmoqchi bo‘lgan, deyishmoqda prokurorlar. «Sky News» bu haqda xabar berdi.

Voqea o‘tgan yil may oyida sodir bo‘lgan, biroq tafsilotlari endi ochilyapti. O‘shanda er-xotin katamaran qayig‘ida Floridadagi uylari tomon suzib ketishayotgandi. Bennett SOS signali jo‘natib, rafiqasi yo‘qolib qolganini xabar qiladi. Bu paytda qayiq cho‘kayotgandi.

Erkak qutqaruv soli vositasida qirg‘oqqa yetib olgan. Xotini esa izsiz yo‘qolgan. Telekanal xabariga ko‘ra, ayol halok bo‘lgan deb topilsa, Florida shtati (AQSh)dagi unga qarashli uy va pullari eriga meros qoladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar aynan shu holat ehtimoliy qotillikka sabab bo‘lganini dalil sifatida keltirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring