Sudanda oltin koni o‘pirilishi oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi
Sudan janubida oltin koni o‘pirilishi oqibatida 67 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sudan Tribune xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 15-sentyabr kuni G‘arbiy Kordofandagi Al-Nahud shahri yaqinida joylashgan «Al-Zaraa» konida yuz bergan. To‘satdan tog‘ jinslari siljib, yer osti yo‘laklarini birin-ketin to‘sib qo‘ygan.
Qutqaruv ishlari 16-sentyabrga o‘tar kechasi tun bo‘yi davom etdi.
Hodisadan omon qolgan konchilardan biri Xayr al-Sayid Jabaraning aytishicha, yer ostida yana qancha odam qolganini hech kim aniq bilmaydi. Uning o‘zi ham boshqa hamkasblari bilan birga sheriklarini qutqarish amaliyotida bevosita qatnashdi.
Tuproq ostida qolib ketgan boshqa konchilarning tirik qolish imkoniyati soat sayin kamayib bormoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter