Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tangem rossiyalik qizning dafn xarajatlarini to‘ladi 

Tangem rossiyalik qizning dafn xarajatlarini to‘ladi 

Li Yon E Tangem rolida («Saroy javohiri» serialidan lavha).

«Saroy javohiri» serialidagi Tangem roli orqali tanilgan aktrisa Li Yon E Seul fojiasida halok bo‘lgan rossiyalik qizning dafn xarajatlari uchun xayriya qildi.

29-oktyabr kuni Seulda Hellouin bayramini nishonlash paytida tiqilinch yuzaga kelib, 151 kishi halok bo‘lgandi. Qurbonlar orasida 19 nafar xorijlik — O‘zbekiston, Eron, Xitoy, Rossiya va Norvegiya fuqarolari ham borligi ma’lum qilingandi.

Tiqilinchda halok bo‘lgan xorijliklarning 4 nafari 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan rossiyalik qizlar. Li Yon E rossiyalik Yuliana Pakning jasadini vataniga yetkazish xarajatlarini to‘ladi.

Yuliana Pak 2021-yilda Janubiy Koreyaga borgan bo‘lib, bog‘cha bolalariga ingliz tilini o‘rgatgan.

Korea Times gazetasi yozishicha, aktrisa pullarni Koreyaning imkoniyati cheklangan kishilar uchun mo‘ljallangan jamg‘armasiga yuborgan. Jamg‘arma esa bu mablag‘ni Rossiya elchixonasiga yetkazgan. Aktrisa shaxsini sir tutishni istagandi, jamg‘arma uning nomini oshkor qilib qo‘ydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring