Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«TikTok» Tramp ma’muriyati farmoni ustidan sudga murojaat qildi

«TikTok» Tramp ma’muriyati farmoni ustidan sudga murojaat qildi

Foto:«Entrepreneur»

«TikTok» ijtimoiy tarmog‘i AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining mamlakatda ushbu dasturdan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi farmoni kuchga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun AQShning Apellyasiya sudiga murojaat qildi. Bu haqda RIA Novosti kompaniyaning bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Oktyabr oyida «Wall Street Journal» Pensilvaniya sudi 12-noyabrdan boshlab «TikTok»ni taqiqlash to‘g‘risidagi AQSh savdo vazirligining qarorini vaqtincha blokirovka qilishni buyurganligini xabar qildi. Avvalroq AQSh Savdo vazirligi, agar kompaniya milliy xavfsizlikka tahdid masalasini hal qilmasa, «TikTok» kompaniyasining mamlakatda ishlashini 12-noyabrdan boshlab taqiqlashini aytgan edi.

Bayonotda aytilishicha, AQSh ma’murlari «ByteDance» kompaniyasining bosh kompaniyasiga «TikTok» bilan bog‘liq barcha AQSh aktivlarini bekor qilishni buyurgan. Biroq, kompaniya «tashvishlarni hal qilish» bo‘yicha takliflariga «jiddiy javob» olmadi.

«Biz doimiy ravishda yangi muammolarga duch kelganmiz. Biz AQSh ma’muriyatiga taklif qilgan yechimlarni qabul qilish-qilmasligi to‘g‘risida aniqlik yo‘qligi sababli, biz 30 kunlik imtiyozli muddatni so‘radik... Bizning huquqlarimizni va Qo‘shma Shtatlardagi 1500 dan ortiq xodimlarimizni himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilishdan boshqa ilojimiz yo‘q», - deyiladi «TikTok» bayonotida.

AQSh ma’muriyati «TikTok»ni amerikaliklar ma’lumotlarni XXR rasmiylariga yetkazishda ayblamoqda. Shu munosabat bilan Tramp avgust oyida ««TikTok» tahdidiga qarshi kurashish to‘g‘risida» va ««WeChat» tahdidiga qarshi kurash to‘g‘risida» farmonlarni imzoladi, bu «ByteDance» dasturlari egasi bilan Amerika yurisdiksyasidagi har qanday operatsiyalarni bekor qilishga bir oy vaqt bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring