Time jurnali «Yil odami»ni e’lon qildi
Time jurnali «Yil odami» sifatida «sun’iy intellekt arxitektorlari» ni tanladi.
«Osmono‘par binoda tushlik» surati asosida bezatilgan jurnal muqovasida Meta rahbari Mark Sukerberg, AMD bosh direktori Liza Su, X egasi Ilon Mask, Nvidia rahbari Jensen Huang, OpenAI rahbari Sem Altman, Googleʼning AI kompaniyasi DeepMind bosh direktori Demis Hassabis, Antrohopis rahbari Dario Amodei va ImageNet asoschisi Fei-Fei Li tasvirlangan.
O‘tgan yili ikkinchi prezidentlik muddatiga saylangan Donald Tramp «Yil odami» deb topilgan edi.
Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, sun’iy intellekt 2025 yilda «Yil odami» deb topilishi mumkin edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, SI tanlanish ehtimoli 69% ni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Amerikaning yetakchi chip ishlab chiqaruvchi Nvidia kompaniyasi asoschisi va rahbari Jensen Huang (14%), OpenAI bosh direktori Sem Altman (10%), Papa Leo XIV (4%) va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rin olgan (1%).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter