Tinchlik kelishuvi Zelenskiy sabab kechikyapti – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan ehtimoliy tinchlik kelishuvi Rossiya emas, balki Ukraina tomonidan kechiktirilayotganini bildirdi.
Tramp Reuters agentligiga Oq uyda bergan eksklyuziv intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin urushni yakunlashga tayyor ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva kelishuvga ochiq, ammo Kiyev bunga unchalik tayyor emas.
«Menimcha, u kelishuv tuzishga tayyor, – dedi Tramp Vladimir Putin haqida. – Ukraina esa bu borada tayyor emasdek tuyulyapti».
AQSh vositachiligida olib borilayotgan muzokaralar nega hozirgacha Yevropa qit’asida Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yirik harbiy mojaroni hal qilishga olib kelmagani haqidagi savolga Tramp bir so‘z bilan «Zelenskiy», deya javob berdi.
Keyin u Ukraina prezidenti uchun bunday qarorni qabul qilish qiyin kechayotganini qo‘shimcha qildi.
Trampning bu bayonotlari Yevropa davlatlari pozitsiyasidan keskin farq qiladi. Yevropa ittifoqchilari fikricha, Rossiya Ukrainadagi urushni to‘xtatishdan manfaatdor emas.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter