Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Tojikistonda Moskva terakti ayblanuvchilarining yaqinlari so‘roq qilinmoqda

OAV: Tojikistonda Moskva terakti ayblanuvchilarining yaqinlari so‘roq qilinmoqda

Rossiyaning RIA Novosti agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonda «Krokus Siti Xoll» terakti bo‘yicha ayblanayotganlarning yaqinlari so‘roq qilinmoqda.

Dushanbeda Krokusdagi hujum bo‘yicha ayblanuvchilarning qarindoshlari bilan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Tojikiston xavfsizlik kuchlaridagi manbaga asoslanib.

«Krokus Siti Xoll»ga qilingan hujumda ayblanib hibsga olinganlarning yetti nafari Tojikiston fuqarolaridir. Sakkizinchisi Qirg‘izistonda tug‘ilgan, Moskva Basmanniy sudi uni seshanba kuni tergov izolyatoriga jo‘natgan.

RIA Novosti agentligining anonim suhbatdoshi aytishicha, Tojikiston prezidenti Rahmon Dushanbedagi jarayonni shaxsiy nazoratiga olgan.

Dushanba kuni Rossiyada sud yana uch kishini — ikki aka-uka va ularning otasini hibsga oldi. Teraktda gumon qilinganlar aka-ukalardan biridan mashina sotib olgan.

Avvalroq terakt ishtirokchilarini qanday jazo kutayotgani aytilgandi.

Shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin xolis tekshiruv o‘tkazish va buyurtmachilarni topishni buyurgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring