Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Tolibon» Markaziy Osiyo respublikalari chegaralarini buzmaslikka va’da berdi

«Tolibon» Markaziy Osiyo respublikalari chegaralarini buzmaslikka va’da berdi

Foto:«DW»

«Tolibon» harakati vakillari Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralariga hujum qilmaslikka va’da berdi. Bu haqda Rossiya TIV xabarida aytilgan.

«Tolibon» bilan muzokaralarni Rossiya prezidentining Afg‘onistondagi maxsus vakili Zamir Kabulov olib bordi.

Vazirlik xabarida ta’kidlashicha, Rossiya tomoni Afg‘oniston shimolidagi vaziyatning beqarorlashuvidan xavotir bildirgan. 

«Tolibon»dan Markaziy Osiyo respublikalariga hujum qilmaslik va Afg‘oniston hududidagi xorijiy diplomatik korpuslar xavfsizligi bo‘yicha va’da olindi»,—deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, «Tolibon»ning harbiy muvaffaqiyatlari ortidan afg‘on askarlarining Tojikiston va O‘zbekiston hududiga o‘tib ketishi kuzatilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring