Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Lukashenko bilan gaplashib oldi: tafsilotlar

Tramp Lukashenko bilan gaplashib oldi: tafsilotlar

AQSh va Belarus yetakchilari Donald Tramp va Aleksandr Lukashenko telefon orqali gaplashdi, deya xabar bermoqda Belarus prezidenti matbuot xizmatiga yaqin bo‘lgan "Pul pervogo” Telegram-kanali

Suhbat Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Alyaskada 15 avgust kuni kechga rejalashtirilgan muzokaralari oldidan bo‘lib o‘tdi. 

Tramp suhbatni sharhlar ekan, jarayon “juda yaxshi” bo‘lganini aytdi. 

"Maqsad 16 mahbusning ozod etilgani uchun unga minnatdorchilik bildirish edi. Shuningdek, biz yana 1300 mahbusni ozod qilish masalasini muhokama qilmoqdamiz. Kelajakda Belarus rahbari bilan uchrashish masalasini muhokama qildik", - dedi Tramp. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Vashington va Minsk Ukraina mojarosini hal qilishga bag‘ishlangan Ankorijda bo‘lajak sammitni ham muhokama qilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring