Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Bayden uchrashuvida «ixtilofli masalalar» muhokama qilindi

Tramp va Bayden uchrashuvida «ixtilofli masalalar» muhokama qilindi

Reuters

AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan Oq uydagi uchrashuvda «o‘tmishda kelishmovchilik bo‘lgan ikki masala»ni muhokama qildi. Bular – Ukraina va Yaqin Sharqdagi urush. Bu haqda New York Post nashri Trampga tayanib xabar bermoqda.

Donald Tramp suhbat tafsilotlarini ochiqlamagan. Lekin uning so‘zlariga ko‘ra, u Baydendan Ukrainadagi urush haqidagi fikrini so‘ragan va so‘roviga javobni olgan.

«Bundan tashqari, biz Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida ham ko‘p gaplashdik. Men bu masalada qaysi pozitsiyada ekanligimizni so‘radim va uning javoblarini oldim. Jo Bayden juda mehribon», – deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv uzoq davom etgan va bu «har ikki tomon uchun ham manfaatli» bo‘lgan.

Tramp va Bayden o‘rtasidagi uchrashuv oval kabinetda bo‘lib o‘tdi. Amaldagi prezident Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan va u bilan hokimiyatning o‘tishini ham muhokama qilib, bu «silliq» bo‘lishiga va’da bergan. 

Eslatib o‘tamiz, yangi saylangan prezident Trampning inauguratsiyasi 2025-yil 20-yanvarga belgilangan. Shu bilan birga, saylangan prezident o‘zining bo‘lajak ma’muriyatini shakllantirishga allaqachon kirishgan va asosiy lavozimlarga bir nechta tayinlovlarni e’lon qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring