Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Venesuela bilan «tarixdagi eng yirik neft kelishuvi» tuzilganini e’lon qildi

Tramp Venesuela bilan «tarixdagi eng yirik neft kelishuvi» tuzilganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Venesuela bilan «jahon tarixidagi eng yirik neft kelishuvi»ni tuzganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv doirasida AQSh Venesuelaning 65 mlrd barreldan ortiq tasdiqlangan neft zaxiralari ustidan nazorat oladi. Tramp buning uchun amerikalik soliq to‘lovchilar mablag‘i sarflanmasligini ta’kidlagan.

AQSh davlat kotibi Marko Rubioga ko‘ra, kelishuv Venesuelaga qariyb 100 mlrd dollar xususiy investitsiya jalb qilish va minglab yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Tramp kelishuv AQShning neft zaxiralarini ikki baravardan ko‘proq oshirishi, ta’minotni ko‘paytirishi va benzin narxlarini pasaytirishga xizmat qilishini aytdi.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, kelishuv AQShning Venesuela neft sanoatidagi rolini keskin oshiradi. Venesuela dunyodagi eng yirik tasdiqlangan neft zaxiralariga ega bo‘lsa-da, hozir kuniga taxminan 1,25 mln barrel neft qazib chiqarmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring