Trampga nimadir bo‘lsa, prezident kursisiga kim o‘tiradi?

AQSh vitse-prezidenti J.D.Vens, agar Amerika yetakchisi Donald Trampga biror narsa bo‘lsa, davlat rahbari bo‘lishga tayyorligini aytdi.
Shu bilan birga, Vens Donald Tramp prezidentlik muddati oxirigacha o‘z lavozimida qolishiga ishonch bildirdi.
"Oxirgi 200 kun ichida men ish joyimda yaxshi tayyorgarlikdan o‘tdim", dedi Vens USA Today nashriga bergan intervyusida. Uning qayd etishicha, Donald Trampning salomatligi yaxshi. "U aql bovar qilmaydigan energiyaga ega", deya qo‘shimcha qildi vitse-prezident.
J.D.Vens 41 yoshda. U 2023-yil yanvar oyidan buyon u AQSh Kongressida Ogayo shtatidan respublikachi senator bo‘lib ishlagan. 2016-yilgi saylovlar oldidan Vens Donald Trampni tanqid qilgan, biroq o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgan va 2020 yilgi saylovlarda uni qo‘llab-quvvatlagan. Siyosatga kirishdan oldin AQSh dengiz piyodalari korpusida xizmat qilgan, Iroqdagi harbiy amaliyotlar paytida muxbir bo‘lgan, so‘ngra Yel universiteti yuridik fakultetini tamomlagan.
6 avgust kuni Donald Tramp J.D.Vensni 2028 yilgi prezidentlik saylovlarda respublikachilardan nomzod sifatida ko‘rsatishi mumkinligini aytgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter