Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Transparyency International tashkiloti Rossiyaning «qora ro‘yxat»iga tushdi

Transparyency International tashkiloti Rossiyaning «qora ro‘yxat»iga tushdi

Rossiya Bosh prokuraturasi Transparyency International xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish tashkilotini «istalmagan tashkilot» deb topdi. Bu  haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

«Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi kelib tushgan materiallarni o‘rganish natijalariga ko‘ra, bosh qarorgohi Berlinda (Germaniya) bo‘lgan, xorijiy davlatlar fuqarolari tomonidan boshqariladigan Transparyency International tashkilotining mamlakat hududidagi faoliyatini nomaqbul deb topdi», – deyiladi xabarda.

Rossiya tomoni tashkilotning o‘z faoliyati doirasidagi maqsad va vazifalaridan og‘ib ketayotganini hamda mamlakat ichki ishlariga aralashayotganligini aniqlagan.

«Rasman butun dunyo bo‘ylab korrupsiyaga qarshi kurashuvchi tashkilot sifatida harakat qilib keladigan mazkur tashkilot Rossiya Federatsiyasining ichki ishlariga aralashmoqda. Bu esa Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyaviy tuzumi asoslari va xavfsizligiga tahdid soladi», – deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mamlakat hududida faoliyati nomaqbul deb topilgan xorijiy va xalqaro nohukumat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuborgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring