Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya zilziladan ko‘rgan zarar hisoblandi

Turkiya zilziladan ko‘rgan zarar hisoblandi

Foto: Wikipedia

Turkiyada uch yil avval yuz bergan zilzila mamlakat iqtisodiyotiga 150 mlrd dollar zarar yetkazdi. Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on zilzila oqibatlariga bag‘ishlangan marosimda ma’lum qildi.

Mamlakat halokat oqibatlarini yengib o‘tdi, deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.

Ma’lumot uchun: 2023-yil 6-fevralda Turkiya janubi-sharqida va Suriya shimolida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar sodir bo‘lgan. Bu yer osti silkinishlaridan so‘ng takrorlangan minglab aftershoklar Turkiya, Suriya va boshqa qo‘shni mamlakatlar hududlarida sezilgan.

Uch yil oldingi zilzila oqibatida Turkiyada 53 537 kishi halok bo‘lgan (Suriyani ham qo‘shganda qurbonlar jami soni 59 ming nafardan oshadi), 107 mingdan ziyod odam jarohat olgan.

Tabiiy ofat 14 millionga yaqin odamning hayotiga ta’sir ko‘rsatgan. 39 mingtaga yaqin bino-inshootga zarar yetgan, yuqorida keltirilganidek, ko‘rilgan iqtisodiy zarar miqdori 150 milliard dollar atrofida baholanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring