Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada noqonuniy migrantlar avtobusi yonib ketdi, 12 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada noqonuniy migrantlar avtobusi yonib ketdi, 12 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning sharqidagi Van viloyatining Muradiye mintaqasida ichida noqonuniy migrantlar bo‘lgan avtobusning YTHga uchradi. Natijada 12 kishi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohat olgan. Bu haqda Anadolu agentligiga asoslanib RIA Novosti ma’lum qildi.

Avtohalokat natijasida avtobus yonib ketgan. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarni bartaraf etish boshqarmasi xodimlari, politsiya xodimlari va shifokorlar yuborilgan.

Yaradorlar yaqin atrofdagi kasalxonalarga yetkazilgan.

Eron bilan chegaradosh Van viloyati Afg‘oniston va Pokistondan Turkiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tadigan va Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ko‘chib o‘tishga harakat qilgan muhojirlar uchun tranzit hududi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring