Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyadagi kurortda fojia: qurbonlar soni keskin ortdi

Turkiyadagi kurortda fojia: qurbonlar soni keskin ortdi

Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortidagi yong‘in qurbonlari soni 66 kishiga yetdi.

AP agentligining mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaga asoslanib xabar berishicha, yana kamida 51 kishi jarohat olgan.

«Biz chuqur qayg‘udamiz. Afsuski, ushbu mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida biz 66 kishini yo‘qotdik», dedi vazir voqea joyini ko‘zdan kechirgandan so‘ng jurnalistlarga.

Bolu viloyatidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida seshanbaga o‘tar kechasi yong‘in chiqdi. Avvalroq 10 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Mehmonxonada 234 nafar mehmon ro‘yxatdan o‘tgan. Viloyat gubernatorligi ularning barchasi Turkiya fuqarolari ekanligini bildirdi. Yong‘in sabablari hozircha ma’lum emas.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring