Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ukraina: Andrey Yermakning barcha maslahatchi va yordamchilari ishdan bo‘shatildi

Ukraina: Andrey Yermakning barcha maslahatchi va yordamchilari ishdan bo‘shatildi

Ukraina Prezidenti ofisining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash departamenti rahbari Nataliya Sergeyevaning «Ukraїnskі Novini» jurnalistlariga ma’lum qilishicha, Andrey Yermakning barcha 9 nafar shtatdagi va shtatdan tashqari maslahatchi hamda yordamchilari lavozimidan ozod etilgan. Ishdan bo‘shatilganlar orasida Sergey Leщyenko va Mixail Podolyak ham bor. 

Avvalroq bu iste’folar haqida «Detektor medіa» nashri ham xabar bergan edi. Nashrning qayd etishicha, Andrey Yermakning o‘rinbosarlari Prezident ofisida ishlashda davom etmoqda, biroq ular endi shtatdan tashqari lavozimlarga o‘tkazilgan. Xususan, Podolyak va Leщyenko maslahatchi lavozimlarida qolmoqda. 

Rasmiy hujjatda ishdan bo‘shatilganlarning to‘liq ro‘yxati taqdim etilmagan bo‘lsa-da, Prezident ofisining avvalgi bayonotlariga ko‘ra, 2024-yil dekabr holatiga ko‘ra Yermakning 9 nafar maslahatchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil noyabr oyida Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak korrupsiya mojarosi fonida iste’foga chiqqan, biroz vaqt o‘tib, u frontga ketmoqchiligini aytgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring