Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina uchun «NATO-layt» mexanizmi taklif qilinyapti

Ukraina uchun «NATO-layt» mexanizmi taklif qilinyapti

Foto: globallookpress

Yevropa yetakchilari Ukraina xavfsizligi uchun yangi kafolat sifatida NATOning 5-moddasiga (kollektiv himoya) o‘xshash mexanizmni muhokama qilmoqda.

Bu rejaga ko‘ra, agar Rossiya Ukrainaga yana hujum qilsa, G‘arb ittifoqchilari 24 soat ichida shoshilinch maslahat yig‘ilishi o‘tkazib, harbiy yordam berish-bermaslik haqida qaror chiqarishi shart bo‘ladi.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, bu tashabbusni Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni ilgari surmoqda.

Manbalarga ko‘ra, ehtimoliy choralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Ukrainaga tezkor va uzoq muddatli mudofaa yordamini berish,
  • iqtisodiy yordam ko‘rsatish,
  • ukrain armiyasini mustahkamlash,
  • Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish.

Manba: bloomberg.com

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring