Ukraina va Rossiya urushda qancha askar yo‘qotgani ma’lum qilindi
AQSh hisob-kitoblariga ko‘ra, urush boshidan beri Rossiya va Ukrainaning umumiy yo‘qotishlari, 500 ming kishiga yetishi mumkin, Rossiya esa 120 minggacha, Ukraina esa 70 ming kishini yo‘qotdi. Bu haqda The New York Times nashri yozmoqda.
Nashrning AQSh rasmiy tuzilmalaridagi anonim suhbatdoshlariga tayanib xabar berishicha, Rossiyaning umumiy yo‘qotishlari ularning hisob-kitoblariga ko‘ra, 300 mingga yaqinlashmoqda: 120 ming kishi halok bo‘lgan va 170-180 ming kishi yaralangan.
Ukraina esa 70 minggacha askarini yo‘qotdi va 100-120 ming nafari yaralandi.
Bu urushda tomonlarning yo‘qotishlarini sanash juda qiyin va bu taxminlar noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Moskva o‘z yo‘qotishlari to‘g‘risida oz raqamlarni keltirmoqda, Kiyev Rossiya katta yo‘qotishlarga uchraganini aytib, o‘zinikini e’lon qilgani yo‘q.
Qo‘shinlarning umumiy soniga kelsak, bu yerda, amerikaliklarning fikriga ko‘ra, Rossiya deyarli uch baravar ustunlikka ega: Ukraina Qurolli Kuchlarida - taxminan 500 ming kishi, Rossiya Qurolli Kuchlarida - 1,33 million askar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter