Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Universitetlar «kontrakt to‘lovlari»ni kamaytirmoqda — AQSh

Universitetlar «kontrakt to‘lovlari»ni kamaytirmoqda — AQSh

Foto: EPA/UPG

O‘z talabalariga masofaviy ta’limga o‘tishni taklif etayotgan Amerika universitetlari jamoatchilik va talabalarning bosimiga duch kelyapti — ular ta’lim uchun to‘lov pulini kamaytirishni talab qilishyapti.

Masofadan o‘qitishga o‘tishi munosabati bilan Jorjtaun universiteti, jamoatchilik va talabalar bosimi ostida, to‘lov pulini 10 foizga qisqartirdi. Bu haqda «Financial Times» xabar berdi.

Qariyb ikki ming nafar talaba universitet rahbariyatiga petitsiya kiritgandi. Petitsiyada masofadan o‘qitish fakultativ yoki amaliy mashg‘ulotlar qisqarishi yoki bekor qilinishi, talabalarning universitet kampusi resurslaridan foydalanish imkoniyati keskin qisqarishiga olib kelishi ta’kidlangan. Shunga qaramay, universitet yillik 58 ming dollarlik to‘lov tartibini saqlab qolgandi.

Petitsiya mualliflarining nazarida, bunday sharoitda 58 ming dollar talab qilish borib turgan talonchilik.

Talabalarning «isyoni» oshkor bo‘lib ketgach, universitet rahbariyati to‘lov pulidan 10 foizini chegirib tashlashga majbur bo‘ldi. Prinston universiteti ham xuddi shunday chegirmani iyul oyi boshida tatbiq etgandi.

«Masofaviy ta’lim bilan kampusdagi ta’lim o‘rtasida farq borligini, albatta, tushunib turibmiz», — iqror bo‘lgandi Prinston universiteti prezidenti Kristofer Aysgruber.

Massachusetsdagi Uilyams kolleji barcha yig‘imlarni 15 foizga, ta’lim pulini esa 10 foizga qisqartirgan.

Nufuzli universitetlar esa yon bermoqchi emas: Garvard universiteti to‘lovlar kamaytirilishi haqida gap ham bo‘lishi mumkinmasligini ma’lum qilgan, Yel universiteti esa yillik to‘lovni 55,5 mingdan 57,7 ming dollarga oshirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring