Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Uorren Baffetning xayriyalari 57 mlrd dollarga yetdi

Uorren Baffetning xayriyalari 57 mlrd dollarga yetdi

Foto: Investing.com

Afsonaviy investor Uorren Baffet o‘z xayriya faoliyati boshlangan 2006-yildan buyon eng yirik yillik xayriya rekordini o‘rnatdi. U 5,3 mlrd dollarni (Berkshire Hathaway aksiyalari ko‘rinishida) Bill va Melinda Geytslar fondi hamda to‘rt oilaviy xayriya tashkilotiga o‘tkazib berdi.

Shu tariqa Baffet xayriya uchun sarflagan jami mablag‘ 57 mlrd dollarga yetdi.

93 yoshli Baffet 99 foizdan ortiq mablag‘larini xayriya qilish va’dasiga sodiq qolmoqda (o‘limidan so‘ng barcha pullarini xayriya qilishni vasiyat qilgan). Xayriyaga ko‘p pul ajratishiga qaramasdan, uning qo‘lida $880 mlrdga baholanayotgan Berkshire Hathaway konglomeratining yana 14,5 foiz aksiyalari bor.

Forbes Baffetning boyligini $128,4 mlrdga baholagan, u dunyo milliarderlari reytingida 10-o‘rinda turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring