Xitoy AQShni kuzatmoqdami? Qo‘shma Shtatlar navbatdagi uchar jismni urib tushirdi

Kecha, 13 fevral kuni AQSh harbiy havo kuchlari Kanadaning Guron ko‘li ustida navbatdagi uchar jismni urib tushirdi. Bu haqda CNN AQSh Kongressiga yuborilgan Pentagon materiallariga tayanib xabar bermoqda.
AQSh Mudofaa vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Kanadada urib tushirilgan uchar jism oldinroq urib tushirilgan ikkita ob’yektga o‘xshaydi. Ular bir xil o‘lcham va harakat tezligiga ega bo‘lib, ob’yektlar sakkiz burchakli shaklga ega.
Hozir uchar jismning vayronalarini qidirish ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 3 fevral kuni AQSh shimolida Xitoyning razvedka havo shari paydo bo‘lgani aniqlangan edi. Shu kuni AQSh harbiy matbuot kotibi Patrik Rayder AQSh rasmiylari, jumladan, Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaa qo‘mondonligi shar harakatini yaqindan kuzatayotganini ta’kidladi.
4 fevral kuni AQSh prezidenti Jo Baydenning buyrug‘i bilan shar urib tushirildi.
11 fevral kuni Amerikaning F-22 qiruvchi samolyoti Kanada hududida yana bir uchar jismni urib tushirdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma fuqarolik parvozlariga xavf tug‘dirgan.
Rasmiy Pekin AQShning birinchi havo shariga qarshi harakatini qoralab, razvedka to‘g‘risidagi ayblovlar tuhmat ekanligini aytdi.
Bayden ma’muriyati o‘ta keskin munosabatlarni barqarorlashtirish uchun AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning Xitoyga tashrifini bekor qildi va harbiy josuslik puxta dasturlarini qo‘llab-quvvatlagan deb hisoblangan oltita Xitoy tashkilotiga sanksiyalar kiritdi.
So‘nggi bir hafta ichida AQSh harbiylari Qo‘shma Shtatlar qirg‘oqlari yaqinida Xitoyning ulkan sharini, so‘ngra Alyaska, Kanada va Michigan osmonida yana uchta kichik uchar jismni urib tushirdi. Bu AQShda Shimoliy Amerika xavfsizligi borasida xavotir uyg‘otdi va Xitoy-Amerika munosabatlarini yanada keskinlashtirdi, deb yozamoqda The Guardian.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter