Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy harbiy elitasida keng ko‘lamli tozalash ishlari olib borilyapti

Xitoy harbiy elitasida keng ko‘lamli tozalash ishlari olib borilyapti

Xitoyda Xalq-ozodlik armiyasi (XOA) oliy rahbariyatiga qarshi misli ko‘rilmagan kampaniya avj olmoqda. «Modernizatsiya» va «intizomiy qoidabuzarliklarga qarshi kurash» shiorlari ostida Markaziy harbiy kengashga kirgan yuqori lavozimli generallar siyosiy sahnadan chetlatilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yilda Si Szinpin atrofida shakllangan deyarli butun harbiy jamoa bugunga kelib lavozimidan olingan yoki ishi tergovga oshirilgan.

Eng e’tiborli shaxslar orasida — 2023-yilda korrupsiya ayblovlari bilan ishdan bo‘shatilgan sobiq mudofaa vaziri Li Shanfu, armiyadagi siyosiy ishlar bo‘yicha sobiq rahbar Myao Xua, shuningdek, 2025-yilda «fraksiyalar tuzish» aybi bilan partiyadan chiqarilgan Markaziy harbiy kengash sobiq raisi o‘rinbosari Xe Veydun bor.

2026 yil yanvar oyida esa generallar Chjan Yusya va Lyu Chjenliga nisbatan ham tergov boshlangani ma’lum bo‘ldi. Rasmiy bayonotlarda ular «jiddiy qonunbuzilishi»da gumon qilinayotgani aytilgan. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gap strategik qurol-yarog‘ sohasidagi jiddiy muvaffaqiyatsizliklar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Xitoy bo‘yicha ekspert Adrian Gayges fikricha, bu jarayonlar navbatdagi partiya qurultoyi arafasidagi hokimiyat uchun kurash bilan bog‘liq.

«Si Szinpin «menga qarshi chiqqan har kim mag‘lub bo‘ladi», degan aniq signal yubormoqda. Bu hatto Chjan Yusya kabi shaxslar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin – u Xitoydagi eng yuqori lavozimli general va Si Szinpinning bolalikdan do‘sti hisoblanadi. Ehtimol, Xitoy rahbari shunday qo‘rquv muhitida o‘z safi ichida qarshilikka uchramasdan Tayvanga hujum qilish mumkin, deb hisoblayotgandir», – deydi Gayges BILD nashriga bergan izohida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring