Xonaga o‘rnatilgan tabiiy archaning havoga ta’siri aniqlandi
Tadqiqotchilar tabiiy archa daraxtlari uyingizdagi havoga ta’sir qiluvchi uchuvchi organik birikmalar chiqarishini aniqladilar.
Tajriba davomida olimlar atrof-muhit sharoiti nazorat qilinadigan maxsus kameraga duglas archa daraxtini joylashtirishdi. Va 17 kun davomida archadan chiqqan moddalar miqdori va turi o‘lchandi. Ular shuningdek, uchuvchi organik birikmalar yangi birikmalar hosil qilish uchun havodagi boshqa komponentlar bilan reaksiyaga kirishishini sinab ko‘rdilar.
Daraxt o‘zidan chiqaradigan monoterpenlar – uglevodorod, efir moylari eng keng tarqalgan birikmalar bo‘lib, ularning darajasi birinchi kuni eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi, uchinchi kuni sezilarli darajada kamaydi. Ularning konsentratsiyasi dastlab havo spreyi yoki yangi qurilgan yog‘och uyni ishlatish bilan bir xil darajada edi, keyin esa tezda deyarli 10 baravar kamaydi. Umuman olganda, tadqiqotchilar 52 xil turdagi monoterpen – birikmalarni aniqladilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu birikmalar uy ichida ozon monoterpenlar bilan reaksiyaga kirishib, formaldegid kabi qo‘shimcha mahsulotlar hosil qiladi. Biroq, ishlab chiqarilgan formaldegid miqdori nisbatan kichik edi – milliardga bir qism. Odatda uylarda formaldegid konsentratsiyasi milliardga 20 dan 30 gacha.
Olimlarning ta’kidlashicha, ba’zi odamlar monoterpenlarga sezgir bo‘lishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun siz uyga o‘rnatilgan archa yaqinidagi derazalarni ochishingiz yoki archani kesishdan uch kun o‘tgach, uyga olib kelishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter