Yozda yo‘qolgan modelning jasadi oltita murda bilan bitta qabrdan topildi
Meksikada qariyb ikki oydan so‘ng model Yeseniya Alvaradoning jasadi topildi, deya xabar berdi «Daily Mail».
Ayolning murdasini olti kishining qoldiqlari bilan birga bitta qabrdan topishdi. Dafn etilganlar shaxsini aniqlash uchun DNK-ekspertiza o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan.
Huquqni muhofaza qilish organlari ommaviy qabr topilgan yer egalarini qo‘lga olishgan. Ular narkokartellar bilan aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Alvarado avgustning o‘rtalarida Syudad-Obregon shahridagi do‘konlardan birida o‘g‘irlab ketilgan. To‘rt nafar niqobli kishi uni ushlab, noma’lum tomonga olib ketgan.
Onasining so‘zlariga ko‘ra, o‘g‘irlikdan keyingi dastlabki kunlarda har xil odamlar unga qo‘ng‘iroq qilib, qizini pul evaziga qaytarishini aytishgan. So‘ngra qo‘ng‘iroqlar to‘xtadi.
Yeseniya Alvaradoning besh yoshli o‘g‘li bor edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter