Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yupiter o‘ylaganimizdan ko‘ra kichikroq ekan

Yupiter o‘ylaganimizdan ko‘ra kichikroq ekan

Foto: ESA/Hubble/NASA

Yupiter sayyorasining o‘lchamlari, qayta hisoblashdan so‘ng, avval taxmin qilinganidan kichik chiqdi, deyiladi Nature Astronomy ilmiy jurnali chop etgan maqolada.

Veysman instituti olimlari NASA zondidan olingan ma’lumotlar asosida o‘lchov o‘tkazishdi.

«Oldingi o‘lchovlarga nisbatan, Yupiter radiusi ekvatorda 4 km, qutblarda 12 km kichik», — deyiladi maqolada.

Yangi tadqiqotga ko‘ra, Yupiterning ekvator radiusi — 71 484 kilometr, qutbiy radiusi — 66 842 kilometr.

Ma’lumot uchun: Yupiter Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida eng yirigi hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring