Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy qarshi hujum nega sekin ketayotganini aytdi

Zelenskiy qarshi hujum nega sekin ketayotganini aytdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari askarlarni o‘limga jo‘natmaslik uchun sekin olg‘a borayotganini aytdi.

Zelenskiyning bayonotini Ispaniyaning El Pais nashri keltirmoqda, bu bosh vazir Pedro Sanchesning Kiyevga tashrifi fonida qilingan.

Ukraina rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Qurolli kuchlari odamlarni juda qadrlaydi va ularni Rossiya tomonidan qo‘yilgan minalangan maydonlarga jo‘natishga shoshilishni istamaydi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi ikki oy emas, besh oy davom etishi mumkin, ammo talofatlar kamroq bo‘lsa yaxshi bo‘ladi.

«Ukraina rasmiylarining eng katta sirlaridan biri bu ularning harbiy xizmatchilari orasida qurbonlar soni bo‘lib, Zelenskiy buni oshkor etmayapti», — deya qayd etgan ispan jurnalistlari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring