Zelenskiy Shveysariyada Tramp bilan muzokara o‘tkazadi. Uitkoffni esa Moskvada kutishyapti
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Jahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tayotgan Shveysariyaga yetib keldi. AQSh prezidenti Donald Tramp bilan rejalashtirilgan uchrashuv mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) boshlanishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Donald Trampning kuyovi Jared Kushner payshanba kuni kechqurun Moskvaga yetib borib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, delegatsiya Moskvaga kechqurun keladi.
«Aniq vaqtni ayta olmayman, ammo bu albatta soat yetti-sakkizlardan keyin bo‘ladi», – dedi Peskov.
Uning ta’kidlashicha, muzokaralarning asosiy mavzusi Ukraina masalasini tartibga solishga oid mavzuga bag‘ishlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter