Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuror Netanyahu va Galantni hibsga olish uchun order berishni talab qildi

Prokuror Netanyahu va Galantni hibsga olish uchun order berishni talab qildi

Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri va mudofaa vazirini urush jinoyatlari hamda insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar deb topdi.

Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon tergov palatasidan Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va mamlakat mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berishni so‘radi. Bu haqda Xon o‘z bayonotida aytib o‘tdi.

Hujjatda qayd etilishicha, har ikki shaxsni «Falastin hududida (G‘azo sektori) 2023 yil 8 oktabrdan buyon sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun javobgar» deb hisoblash uchun yetarli asoslar bor.

Xalqaro jinoiy sud, shuningdek, HAMASning uch yetakchisini ham hibsga olish uchun order berishni talab qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring