Sirdaryoda boshpanasiz hayvonlar «Hayot»ga qaytarildi (foto)
Kecha «Hayot» boshpanasiz hayvonlar muruvvat uyi rahbari Iroda Matkarimova rahbarligida 20 nafarga yaqin ko‘ngillilar Sirdaryoda talafot ko‘rgan oilalarga hamyurtlarimizdan yig‘ilgan insonparvarlik yordamlarini o‘z egalariga topshirishdi. Shu bilan birga, suv bosgan xonadonlarning uy hayvonlarini qutqarish ishlari olib borildi.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari R.O‘rmonov, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari M.Muhitdinov hamda O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiyasi xodimlari ko‘magida yigirmaga yaqin kuchuk, ikkita mushuk va jo‘ja bolasi qutqarib olindi va ular «Hayot» boshpanasiz hayvonlar muruvvat uyiga joylashtirildi. Boshqa qutqarilgan hayvonlar o‘z egalariga topshirildi.
Jonivorlarni qutqarish operatsiyasi haliyam davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter