Soxta «Jeyms Bond» tezlikni oshirgani uchun fosh bo‘ldi
Meksika-AQSh chegarasiga yaqin joyda Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi — uning yonidan granata va MRB soxta guvohnomalari chiqdi.
43 yoshli Ivan (ismi ham soxta bo‘lishi mumkin) qora Chevrolet Suburban mashinasini Tixuana shahrida uchirib haydab ketayotganida to‘xtatilgan. Tekshiruv chog‘i mashinasidan jangovar granata, AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining soxta guvohnomalari, josuslikda qo‘llaniladigan elektron qurilmalar, Meksika razvedkasi emblemasi tushirilgan kamera topilgan.
«Bond-Ivan» ashyoviy dalillar bilan qo‘shib Federal prokuraturaga topshirildi. Ular aniqlashicha, Ivanni Interpol qidirayotgan ekan. Qaysi qilmishlari uchunligi noma’lum, ammo Rossiya ham, AQSh ham uni tutib berishni so‘ragan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter