Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayden koronavirusga chalindi

Bayden koronavirusga chalindi

Foto: RBK

AQSh prezidenti topshirgan Covid-19 testi ijobiy chiqdi. Bu haqda Lotin Amerikasi huquqni himoya qilish tashkiloti (UnidosUS) rahbari Janet Murgiya ma’lum qildi. Jo Bayden tashkilotning konferensiyasida qatnashishi rejalashtirilgandi.

«Hozirgina prezident Bayden bilan telefonda gaplashdim. U bugungi tadbirimizda qatnasha olmasligidan chuqur afsusdaligini bildirdi. Prezident ko‘plab tadbirlarga borgan, uning navbatdagi Covid testi ijobiy chiqqan», — dedi Murgiya.

Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per aytishicha, Bayden vaksina olgan va uning kasalligi yengil o‘tmoqda.

Jo Bayden BET telekanaliga bergan intervyusida sog‘lig‘ida muammo paydo bo‘lgan taqdirda ikkinchi muddatga o‘z lavozimini saqlab qolish uchun kurashishni to‘xtatishini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring