Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isyonchilar Suriyada nima reja qilmoqda? Guruh rahbari izoh berdi

Isyonchilar Suriyada nima reja qilmoqda? Guruh rahbari izoh berdi

Suriyadagi isyonchi Hayat Tahrir ash-Shom guruhi yetakchisi Abu Muhammad al-Juloniy aksilhukumat kuchlari koalitsiyasining maqsadi Suriya prezidenti Bashar al-Asadni ag‘darish ekanligini aytdi.

Aleppo va Xamadagi jangarilar muvaffaqiyatidan ko‘p o‘tmay e’lon qilingan CNN telekanaliga bergan intervyusida u institutlar va «xalq tomonidan saylangan kengash» asosida hukumat yaratish niyatini e’lon qildi.

«Biz maqsadlar haqida gapiradigan bo‘lsak, inqilobning maqsadi bu rejimni ag‘darish bo‘lib qoladi. Biz bunga erishish uchun barcha mavjud vositalarni ishga solishga haqlimiz», — dedi Abu Muhammad al-Juloniy.

«Rejim mag‘lubiyatining urug‘lari boshidanoq ekilgan edi. Eronliklar vaqtdan yutib, uni jonlantirishga harakat qilishdi, keyin esa ruslar uni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilishdi. Ammo haqiqat qolmoqda: bu rejim o‘ldi», — deya qo‘shimcha qildi guruh rahbari.

XTSh boshchiligidagi hukumatga qarshi suriyalik guruhlar hujumi 27-noyabr kuni boshlangan. Tez orada ular shimoli-g‘arbdagi Aleppo viloyatidagi 15 qishloq va harbiy bazani, 30-noyabrga kelib esa xuddi shu nomdagi shaharni egalladi. 

5-dekabr kuni Suriya armiyasi Xamadan chekindi, isyonchilar bu yerda hukumat mudofaasini o‘tib, markaziy qamoqxonadan yuzlab mahbuslarni ozod qildi. Bu shahar fuqarolar urushining ko‘p qismi davomida Suriya hukumati nazorati ostida qolayotgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring