Buxoroda beshikdagi bola muttasil qiynoqqa solingani aniqlandi
Bolalar ombudsmani kotibiyatiga fuqaro L.Z. dan Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi S.N. (ayol) kichik yoshdagi farzandini 2 yildan beri kaltaklab, qiynab kelayotganligi bayon etilgan murojaat va bu holatga oid video materiallar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan Shofirkon tumani ichki ishlar organlari olib borgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, S.N. o‘z farzandi — 2018 yilda tug‘ilgan S.F. ni beshikka bog‘lagan holatda tayoq va boshqa jismlar bilan muttasil ravishda uzoq vaqt davomida (2022 yilning mart oylaridan 2023 yil noyabr oyigacha) kaltaklab, qiynab kelgan.
Mazkur holat yuzasidan S.N. ga nisbatan JKning 110-moddasi 2-qismi, «a,v» bandlari (voyaga yetmagan, ojiz ahvoldaligi ayon bo‘lgan shaxsni qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Shofirkon tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter