Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Anomal sovuqqa chora ko‘rib qo‘yganmiz» — «O‘zbekneftgaz» AJ raisi

«Anomal sovuqqa chora ko‘rib qo‘yganmiz» — «O‘zbekneftgaz» AJ raisi

«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Sidiqov OAV xodimlari uchun Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan press-tur davomida jurnalistlar bilan uchrashdi va ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Xususan, boshqaruv raisi o‘tgan yilgi anomal sovuqda yuzaga kelgan vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«O‘tgan yilgi anomal sovuq vaqtida kuniga 15-20 million kub atrofida gaz yetishmovchiligi kuzatildi. Buning natijasida energetika tarmoqlarida uzilish bo‘ldi, bir qator ishlab chiqarish ob’yektlari katta zarar ko‘rdi. Tabiiyki energiya bo‘lmasa boshqa sohalar ham ortga ketadi.

Prezidentimiz tomonidan ushbu holat qayta takrorlanmasligi uchun qator topshiriqlar berilgan va ularning ijrosini ta’minlash uchun bor kuchimiz bilan harakat qilmoqdamiz. Qayerda va qanday muammo borligini juda yaxshi bilamiz, ularning yechimini ham topib qo‘yganmiz. Nasib qilsa, bu yilgi qish davomida «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan qo‘shimcha 15-16 million kub metr gaz ishlab chiqariladi. Buning uchun barcha asoslarimiz bor.

O‘tgan yili bizda bo‘lgan qish qo‘shni davlatlarda ham bo‘ldi. Shunday ekan, faqat ulardan olishimiz mumkin bo‘lgan gazga qarab o‘tirmay, o‘zimizdagi imkoniyatlarni ham kengaytirish haqida o‘ylashimiz lozim. Nega endi biz qo‘shni davlatlarga qarab o‘tirishimiz kerak?», dedi «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida yiliga 2 mlrd kub metrgacha tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha qisqa muddatli shartnoma imzolanganini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring