Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«O‘zavtosanoat» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

«O‘zavtosanoat» raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «O‘zavtosanoat»

Umidjan Zokirjonovich Salimov «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining rivojlantirish va marketing bo‘yicha o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatining barcha darajadagi boshqaruvida korrupsiya, tovlamachilik, tanish-bilishchilik kabi illatlar tomir otib ketganini tanqid qilib, «O‘zavtosanoat» kompaniyasi boshqaruvi raisi Umidjon Salimovni egallab turgan lavozimidan ozod etgan edi.

Ma’lumot uchun qayd etish kerak, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, tarmoqda yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini o‘tkazish «O‘zavtosanoat» AJning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring