Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taqiqqa qo‘yilgan «Malibu-2»ni aldab sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Taqiqqa qo‘yilgan «Malibu-2»ni aldab sotgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020-yilning 25-mart kuni Shayxontohur tumanida 41 yoshli R.M. o‘ziga tegishli «Malibu-2» rusumli avtomashinasi bank tomonidan taqiqqa qo‘yilganligini bilgan holda, ushbu avtomashinani 28 yoshli A.Q. ga 28.000 AQSh dollariga sotishni va’da qiladi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtomashinada hech qanday taqiq yo‘qligiga A.Q.ni ishontirib, 28.000 AQSh dollarini qo‘lga kiritadi. «Malibu-2»ni A.Q. ning nomiga rasmiylashtirish jarayonida u taqiqda ekanligi oshkor bo‘lganidan so‘ng, avval olgan 28.000 AQSh dollarini qaytarib berishini aytib, va’da qilib, avtomashinani o‘zi bilan olib ketib, bergan va’dasi ustidan chiqmasdan, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida R.M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring