Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Germaniya: NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasiga aralashmaydi

Germaniya: NATO Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasiga aralashmaydi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi tranzitni tiklashda NATOning rolini ko‘rmayotganini bildirdi.

Uning aytishicha, NATO bu yo‘nalishda hech qanday qaror qabul qilmagan va bo‘g‘oz uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi ham kutilmayapti. Vadeful bu haqda Bryusselda YeI tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi oldidan aytgan

Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha alohida qadamlar muhokama qilinayotgani, ammo hozircha aniq qaror yo‘qligini bildirdi.

«Germaniya esa bu masalada harbiy emas, diplomatik yechim tarafdori bo‘lib qolmoqda», – dedi Vadeful.

Germaniya TIV rahbari Turkiya hududiga Eron dronlari hujumi kuzatilgan va ularning NATO havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib qolingani voqealari fonida ham Yaqin Sharqdagi voqealar hozircha NATOga bevosita tahdid emasligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp NATO davlatlarini Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochiq saqlashga yordam berishga chaqirib, aks holda alyansni «juda yomon kelajak» kutayotganini aytgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring