O‘zbekiston-Turkiya o‘rtasida to‘qqizta hujjat imzolandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzoladilar.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi.
Jumladan:
- Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;
- Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;
- Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
- Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;
- Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;
- sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning «Anadolu» agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter