Xalqaro yo‘nalishlardagi avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi
![Xalqaro yo‘nalishlardagi avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi](https://xabar.uz/static/crop/1/7/920__95_1704601666.jpg)
Ayni kunlarda qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida kuzatilayotgan kuchli sovuq tufayli O‘zbekistondan xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, yo‘llardagi muzlamalar sabab avtotransport vositalarida texnik nosozliklar kelib chiqishi natijasida yo‘lovchilar qiyin vaziyatlarga tushib qolish holatlari kuzatilmoqda.
«Noqulay ob-havo sharoitini inobatga olib, yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari joriy yil 13-yanvardan vaqtinchalik to‘xtatildi», – deyiladi Transport vazirligi Axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter