Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna böliş ×

YIga a’zo bo‘lmagan davlatlarning Ukrainaga yordami 5 baravarga qisqarishi mumkin

YIga a’zo bo‘lmagan davlatlarning Ukrainaga yordami 5 baravarga qisqarishi mumkin

Foto: EU Parliament/dpa

Financial Times nashrining yozishicha, 2027-yilda Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan davlatlarning Ukrainaga ko‘rsatadigan moliyaviy ko‘magi qariyb besh baravarga kamayishi kutilmoqda.

Yevrokomissiya ma’lumotiga ko‘ra, Kiyevning YeIdan tashqaridagi ittifoqchilari kelasi yil uchun hozircha bor-yo‘g‘i 4 milliard yevro ajratishga va’da bergan. Taqqoslash uchun, ular 2026-yilda Ukrainaga 19 milliard yevro taqdim etgan edi.

Bunday sharoitda Bryussel Ukrainani moliyalashtirish uchun qo‘shimcha choralarni izlamoqda. Xususan, qarz majburiyatlarini (qimmatli qog‘ozlar) chiqarish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti, shuningdek, Buyuk Britaniya, Kanada va Yaponiyadan yordam hajmini oshirish talab qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring