Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BAA Isroil, AQSh va Eronni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi

BAA Isroil, AQSh va Eronni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi

Foto: Euronews

Birlashgan Arab Amirliklari xalqaro hamkorlik bo‘yicha davlat vaziri Rim al-Hoshimiy Eronning mamlakat va Fors ko‘rfazi davlatlariga qarshi hujumlarini qoraladi.

Uning ta’kidlashicha, BAA hududi Eronga zarba berishni rejalashtirmayapti va mamlakat mojaroni kengaytirishni istamaydi.

«Muzokaralar stoliga qaytish – oldinga yurishning yagona oqilona yo‘li», – dedi vazir.

BAA mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, dam olish kunlaridan buyon mamlakat hududiga 186 ta ballistik raketa va 812 ta uchuvchisiz apparat uchirilgan. Havo mudofaa tizimlari ularning katta qismini qaytargan.

Ayni paytda BAA hukumati mamlakat o‘zini himoya qilish uchun yetarli mudofaa imkoniyatlariga ega ekanini ta’kidlamoqda.

So‘nggi kunlardagi hujumlar tufayli Dubaydan chiqishga uringan ayrim sayyohlar quruqlik orqali Maskat (Omon) yoki Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)ga yo‘l olib, u yerdan reyslar orqali mamlakatni tark etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring