Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi
![Andijonda bog‘cha mudirasi o‘z joniga qasd qildi](https://xabar.uz/static/crop/3/1/920__95_3113794034.jpg)
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi. Ya’nikim, shu yilning 4-may kuni soat 15.00 chamasida mudira yashash xonadonida o‘zini osib, o‘z joniga suiqasd qilishi ortidan tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch bo‘limiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi hamda viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasiga xizmat tekshiruvlari tayinlangan, tergovga qadar tekshirish harakatlari davom etirilmoqda.
Mudiraning o‘z joniga qasd qilishi sabablariga oid urchigan gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgan holda huquqiy baho beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter